SALJUQIYLAR DAVLATINING SHAKLLANISH JARAYONI (1038–1157)
PDF | YUKLASH (10.93 mb)
Maqola mualliflari

Pirnazar RAJAPOV
International Islamic Academy of Uzbekistan
Doctoral student
.
rajapovpirnazar@gmail.com
Maqola haqida
Maqolaning asl tili : Uzbek
1 - Til:
Uzbek
Maqola nomi
SALJUQIYLAR DAVLATINING SHAKLLANISH JARAYONI (1038–1157)
Kalit so'zlar
#O‘g‘uz #yabg‘u #davlati #saljuqiylar #o‘g‘uzlar #turkmanlar #Qiniq #Shohmalik #Nasr #Eloqxon.
Maqola annotatsiyasi
Mazkur maqolada ko‘chmanchi o‘g‘uz qabilalarining saljuqiylar urug‘i atrofida birlashishi va Buyuk Saljuqiylar davlati (1038–1057) ning yuzaga kelish jarayoni yoritib berilgan. Saljuqiylarning O‘g‘uz yabg‘u davlati (766–1055) dan ajralib chiqib, Sirdaryo quyi oqimlariga o‘rnashishi hamda somoniylar (865– 999), qoraxoniylar (840–1212) va g‘aznaviylar (977–1186) bilan qo‘shnichilik munosabatlari va ziddiyatlari ham maqoladan o‘rin olgan. Dastlab saljuqiylar g‘animat evaziga somoniy Muntasirning qoraxoniy Nasr Eloqxonga qarshi kurashida yordam berishgan. Lekin Nasr Eloqxonning qasos olishidan xavfsirab, u bilan ittifoq tuzishgan. Keyinchalik qoraxoniylardan ajralib chiqqan Buxoro hokimi Ali Teginning g‘aznaviylar va qoraxoniylarga qarshi yurishlarida ishtirok etishgan. Ya’ni ko‘chmanchi o‘g‘uzlarning maqsadi faqat o‘lja bo‘lgan. Mahmud G‘aznaviy (997–1030) hiyla yo‘li bilan Arslon yabg‘u (vaf.1032) ni tutqunlikka mahkum qilgach, saljuqiylar orasida birlik yo‘qolgan va Arslon yabg‘u idorasidagi o‘g‘uzlar Movarounnahr, Xorazm, Xuroson, Iroq, Dehiston hududlariga tarqalib ketgan. Xususan, saljuqiylar Janddan dastlab Buxoro, so‘ngra Xorazmga ko‘chishga majbur bo‘lishgan. Jand hokimi Shohmalik (vaf. 1042) Xorazmda saljuqiylarni qatliom qilgach, ularning aksar qismi qirilib ketgan. Maqolada o‘g‘uzlarning tarqoqlik davrida boshdan kechirgan hodisalari hamda zavolga yuz tutgan O‘g‘uz yabg‘u davlatidan Xuroson hududlariga ko‘chib kelgan o‘g‘uzlarning saljuqiylar atrofida qayta birlashishi jarayonlari ham ochib berilgan. G‘aznaviylar bilan kelishmovchilik chiqqach, o‘g‘uzlarning Xuroson va Iroq hududlaridagi talonchilik harakatlari va uning sabablari sharhlab o‘tilgan. Shuningdek, maqolada Saljuq (taxminan 900–1007) ning nevaralari Muhammad To‘g‘rul (1040–1062) va Dovud Choribey (989–1060) larning Dandanakon jangida g‘aznaviylar sultonining ulkan qo‘shinini mag‘lub etib, Saljuqiylar davlatining yuzaga kelishiga zamin hozirlaganiga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.
2 - Til:
English
Maqola nomi
THE FOUNDATION PROCESS OF THE SELJUK SULTANATE (1038–1157)
Maqola annotatsiyasi
This article describes the process of the unification of nomadic Oguz tribes around the Seljuk group and the emergence of the Great Seljuk Sultanate (1038–1057). Separation of the Seljuks from the Oghuz Yabgu state (766–1055) and settling down the lower reaches of the Syr Darya and their relations and conflicts with the Samanids (865–999), the Karakhanids (840–1212) and the Ghaznavids (977–1186) are also included in the article. At first, the Seljuks helped the Samani Muntasir fight against the Karakhanid Nasr Eloq Khan for booty. But they allied with Nasr to prevent enmity. Later, the Seljuks participated in the campaigns of Ali Tegin who broke away from the Karakhanids, against the Ghaznavids and the Karakhanids. That is to say, the goal of the nomadic Oguzs was only prey. After Makhmud Ghaznavi (997–1030) tricked Arslan Yabgu into captivity, the Oghuzs were spread over the regions of Transoxiana, Khorezm, Khorasan, Iraq, and Dehistan. In particular, the Seljuks were obliged to move from Jand to Bukhara and then to Khorezm. After the governor of Jand, Shahmalik, massacred the Seljuks in Khorezm, most of them died. The article also reveals the processes of the reunification of the Oghuzs around the Seljuks. The looting campaigns of the Oghuz in the regions of Khorasan and Iraq and their reasons are described. The article also reveals that Mukhammad Toghrul (1040–1062) and Dawud Charibey (989–1060), the grandsons of Seljuk (900–1007), defeated the huge army of the Ghaznavid sultan in the battle of Dandanakan and they established The Seljuk sultanate.
3 - Til:
Rus
Maqola nomi
ПРОЦЕСС СОЗДАНИЯ ГОСУДАРСТВА СЕЛЬДЖУКИДОВ (1038–1157)
Kalit so'zlar
#Государство #Огуз #Ябгу #Сельджукидов #огузы #туркмены #Киник #Шахмалик #Наср #Иликхан.
Maqola annotatsiyasi